NATO

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
North Atlantic Treaty Organisation
Organisation du traité de l'Atlantique Nord
Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti
Qisqartma NATO
Turi harbiy blok
Ishga tushgan sanasi 4-aprel 1949-yil
Joylashuvi Brussel, Belgiya
Bosh kotib  NOR Jens Stoltenberg
Aʼzolari  Albania
 Belgium
 Bulgaria
 Canada
Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya
 Czech Republic
 Denmark
 Estonia
 France
 Germany
 Greece
 Hungary
 Iceland
 Italy
 Latvia
 Lithuania
 Lyuksemburg
 Montenegro
 Netherlands
 Shimoliy Makedoniya
 Norway
 Poland
 Portugal
 Romania
 Slovakia
 Slovenia
 Spain
 Turkey
 United Kingdom
 United States
Vebsayti www.nato.int
Til(lar)i Ingliz tili, fransuz tili

NATO, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (inglizcha: North Atlantic Treaty Organization, NATO; fransuzcha: Organisation du traité de l'Atlantique Nord, OTAN) — Yevropa, Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Kanada kabi koʻpchilik mamlakatlar birlashgan jahondagi eng yirik harbiy va siyosiy jamlanmasi, yaʼni, „Yevropani tashqi taʼsirlardan himoya qilish“ uchun ushbu tashkilotga 4-aprel 1949-yil AQShda asos solingan. Tashkilot yaratilgan paytda 12 ta mamlakat aʼzo boʻlgan, hozirgi kunda esa aʼzolar soni 30 taga yetgan.

Tashkilot maqsadi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Atlantika shartnomasi ittifoqiga qoʻshilgan mamlakatlar 1949-yilda oldilaridagi Shimoliy Atlantika doirasidagi davlatlar orasida tinch aholini xavfsizligini mustahkamlash maqsadi bilan birlashishgan. Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar yahlit mudofaa tizimini yaratish va dunyo xavfsizligini saqlashni oʻz oldilariga maqsad qilishgan. 2010-yilda NATO „Zamonaviy mudofaaning ilgʻor ishtiroki“ ijtimoiy harakati uchta muhim vazifalarni taqdim etdi, bular: jamoaviy mudofaa, inqirozni oldini olish va hamkorlik asosida havfsizlikni kuchaytirish.

1949-yilda tashkilotga asos solinishi

Strukturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

NATO hozirgi kunda 30 mamlakat oʻz ichiga olgan tashkilotdir. Ushbu tashkilot qamrovida yuzlab qoʻmitalar, guruhlar, hizmat boshqaruvlari yoki harbiylar va fuqarolar doirasi ostidagi rejalashtirish boʻlinmalari mavjud. Shuning bilan birga tashkilot tarkibida mutahassislarni tayyorlash va tayyorgarlikdan oʻtkazish oʻquv markazlari faoliyat koʻrsatadi. NATO zarur qarorlar yoki choralar koʻrish shartnomalarini qabul qilish uchun mamlakat aʼzolarini ikki toifaga boʻladi — vositachilar hamda zahiralar guruhlari, uchrashuvlar oʻtkazish va boshqa vazifalar yechimlarini alyansga aʼzo mamlakatlarni umumjamoa qiziqishlari va tassavuroti jamlanmasiga nazar tashlab koʻrib chiqadi. Doimiy barcha operatsiyalar oʻtkazilish uchun mablagʻlar, tashkilot ostidagi harbiylarga, zarar koʻrgan fuqarolarga NATO budjetidan pul ajratiladi. Moliyaviy holati qatnashayotgan mamlakatlar bilan birgalikda hal qilinib NATO xazinasi moliyalashtiriladi.

Yadroviy barqarorlik guruhi[tahrir | manbasini tahrirlash]

NATO davlatlarining mudofaa vazirlari va mudofaa rejalashtirish qoʻmitasi ishida qatnashadiganlar bazi bir muhim hollarda yoki favquloddagi vaziyatlarda yadroviy rejalashtirish guruhi tarkibi ostida uchrashishadi. Bu guruh aʼzolari yigʻilganda yadroviy siyosat xavfsizlik, himoya, informatsiya sistemalari, boshqaruv, yadroviy qurollar) keng doirada muhokama qilinib va amalda targʻib qilinadi.

Oliy darajali guruh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu guruh NATOning rejalashtirish savollari va yadroviy siyosat organlari boʻyicha oliy konsultativ organ sifatida ish yuritadi hamda NATOning eng asosiy maʼsalalar koʻrib chiqilishida bu guruhning ahamiyati alohida rol oʻynaydi.

Tezkor tahliliy guruh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk bor NATO mamlakatlari va hokimiyati boshliqlari 1999-yilning aprel oyi Vashingtondagi uchrashuvida Bolqon,Somali, Gaiti va boshqa hududlardagi oʻtkazilgan alyans harakatlaridan NATO mamlakatlarining oʻzlari orasida ommaviy inqirozga yuz tutayotgani qayd etilgan. 1990-yillarda jahonning har bir burchagida tanilgan NATO tashkiloti ushbu holatdan soʻng tahlilchilar NATOni bu xatti harakatlarini Shimoliy Atlantika kuchlari behuda yoʻqotilishi sifatida baholashishdi. Shuning uchun hozirgi vaqtlarda ushbu tahliliy guruh NATOni shu bilan birga Yevropa davlatlari hokimiyatlarini ochiq yuzini yaqqol va aniqlik bilan oʻrganishmoqda. Tahliliy guruh aʼzolari bosh kotib oʻrinbosarlarining nazorati ostida bir necha haftada yigʻilishib shu kungacha jahonda boʻlib oʻtgan hodisalarni tahlil qilishib ularga qarshi maxsus choralar qabul qilinadi.

Yuqori bosh qoʻmondonlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuqori bosh qoʻmondonlik organi NATO tashkiloti ichida barcha bajarilgan harbiy yurishlar va hudulardagi barqarorlikni saqlash uchun qatʼiy javobgardir. Bu organ javobgarlikni oʻz boʻyniga olgani bois NATOdagi siyosiy va harbiy savollarga javob berish hamda tegishli tavsiyalar joriy etish huquqiga egadir. Yuqori bosh qoʻmondonlik organi bir vaqtning oʻzida aʼzo mamlakatlar bosh kotiblar taʼsirdan erkin holda ish yuritadi va milliy hokimiyatga tegishli barcha savollarga echim topish zaruriyati bilan javobgardir.

NATO maslahatdoshlari Organi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Atlantikaning shartnomasi roziligi asosida tashkiloti ostidagi davlatlarning har doim ishtiroki qaʼtiyligi bilan saylangan aʼzolaridan iborat boʻlgan NATO Maslahat organi nomli boshliq organ mavjud boʻlib, ushbu organ vakillari maʼlum bir haftada uchrashuv elon qilib, oldiga qoʻyilgan muammolarni echimini muhokama qilish uchun yigʻilishadi.

Bu Maslahat organiga aʼzo boʻlgan mamlakatlarining Tashqi ishlar vaziri (kami bilan yiliga ikki marta), mudofaa vaziri (zaruriyat jihatidan) va boshliqlari hamda NATO hukumati raislari ham qatnashishadi. Nato Maslahat organi uchrashuvlarida tashkilotning olib borayotgan ishlari strategiyasi va ustuvorligini oliy darajada aniqlab koʻrib chiqiladi. Hamma darajalarda bu organ NATO qadam qoʻyayotgan ishlarni tashkilotga aʼzo mamlakatlarni deklaratsiya tushunchalari bilan yoritib berish va bogʻliq muammolarni hal qilish shuningdek asosiy qarorlarni echimini hal qilish huquqiga ega. Shimoliy Atlantika shartnomasiga aʼzo mamlakatlar tashkilot ichida teng huquqli sanaladi va oʻzaro NATO maslahat qoʻmitasi yigʻilishlari keng aylana stol atrofida oʻtkazilib, qoʻyilgan masalalar barchaning bir ovozlik echimi bilan qabul qilinadi. NATOning doimiy bosh kotibi raislik qilishi, elchining yoshiga nisbatan va uning katta yordamchisi sifatida ish yuritadi. NATO Maslahat organi raisi har yillik oʻtkaziladigan alifbo tartibi yoʻli bilan tashqi ishlar vaziri darajasida saylanadi. Organ Tashkilotning faoliyatini muvaffaqiyatli va barcha strukturalarini yaratish uchun maʼsul etib tayinlangan. Ushbu Maslahat organi echimlari yigʻinlarda ishtirok etgan raislar oʻrinbosarlari, ularning maslahatchilari va konsultantlari javobgarlik qoʻmitalari xamda iyerarxiya tartibidagi aniqliklari orqali yaxshigina shu yoʻsinda tayyorlanadi. NATO Maslahat organining Konsultativ boʻlimi, bunda ishtirok etgan barcha mamlakatlar vakillari va Bosh kotib qoʻl ostidagi yordamchilar siyosiy savollar boʻyicha Siyosiy Qoʻmitaga yondashilib masalalar oʻzaro baham koʻriladi.

NATOning faoliyat doirasi kengayishi

Shahsiy ishtirokchilik rejasi ishtirokchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Dunyo tinchligiga birdamlik Shahsiy ishtirokchilik rejasi
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon May 1994 May 2005
Flag of Armenia.svg Armaniston oktabr 1994 Dekabr 2005
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston May 1994 Yanvar 2006
Moldova bayrogʻi Moldova May 1994 May 2006

„Tinchlik yoʻlida hamkorlik“[tahrir | manbasini tahrirlash]

NATO tashkilotga aʼzo boʻlgan Yevropa mamlakatlaridan tashqari, yana bir necha davlatlar bilan bitim tuzdi va Tinchlik yoʻlida hamkorlik nomi bilan atadi.

„Tinchlik yoʻlida hamkorlik“ ishtirokchilar: Avstriya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Bosniya va Gertsogovina, Gruziya, Irlandiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Makedoniya, Malta, Moldova, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Ukraina, Finlandiya, Chernogoriya, Shvetsariya, Shvetsiya.

Mamlakat Bitimda ishtirok boshlashi
Finlandiya bayrogʻi Finlandiya May 1994
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya May 1994
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston May 1994
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston Iyun 1994
Rossiya bayrogʻi Rossiya Iyun 1994
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Iyul 1994
Belorussiya bayrogʻi Belarus Yanvar 1995
Avstriya bayrogʻi Avstriya Fevral 1995
Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya Dekabr 1996
Irlandiya bayrogʻi Irlandiya Dekabr 1999
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Fevral 2002
Serbiya bayrogʻi Serbiya Dekabr 2006
Malta bayrogʻi Malta Aprel 1995 (1996-oktabrigacha); aprel 2008
NATO bosh kotiblari[1]
1 Xastings Lionel Ismaј Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 4-aprel 1952 — 16-may 1957
2 Pol Xenri Spak Belgiya bayrogʻi Belgiya 16-may 1957 — 21-aprel 1961
3 Dirk Shtiker Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar 21-aprel 1961 — 1-avgust 1964
4 Manlio Brosio Italiya bayrogʻi Italiya 1-avgust 1964 — 1-oktabr 1971
5 Јosef Luns Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar 1-oktabr 1971 — 25-iyun 1984
6 Peter Karington Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 25-iyun 1984 — 1-iyul 1988
7 Manfred Vorner Olmoniya bayrogʻi Germaniya 1-iyul 1988 — 13-avgust 1994
8 Serxio Balansino Italiya bayrogʻi Italiya 13-avgust 1994 — 17-oktabr 1994
9 Vili Klaes Belgiya bayrogʻi Belgiya 17-oktabr 1994 — 20-oktabr 1995
10 Serxio Balansino Italiya bayrogʻi Italiya 20-oktabr 1995 — 5-dekabr 1995
11 Xavier Solana Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 5-dekabr 1995 — 6-oktabr 1999
12 Jorj Robertson Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 6-oktabr 1999 — 17-dekabr 2003
13 Alesandro Minuto Riso Italiya bayrogʻi Italiya 17-dekabr 2003 — 1-yanvar 2004
14 Јap de Xop Shefer Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar 1-yanvar, 2004 — 31-iyul 2009
15 Anders Fog Rasmusen Daniya bayrogʻi Daniya 1-avgust 2009 — 1-oktabr 2014
16 Yens Stoltenberg Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 1-oktabr 2014 — hozirgi vaqtgacha.
Bosh kotib oʻrinbosarlari[2]
# Nomi Vatani Faoliyat davri
1 Jonkxer van Vredenburg Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar 1952-1956
2 Baron Adolf Bentink Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar 1956-1958
3 Alberiko Kasardi Italiya bayrogʻi Italiya 1958-1962
4 Kuido Kolona di Paliano Italiya bayrogʻi Italiya 1962-1964
5 Jeyms Roberts Kanada bayrogʻi Kanada 1964-1968
6 Osman Olkaј Turkiya bayrogʻi Turkiya 1969-1971
7 Paolo Pansa Tsedronio Italiya bayrogʻi Italiya 1971-1978
8 Rinaldo Petrignani Italiya bayrogʻi Italiya 1978-1981
9 Yerik de Rin Italiya bayrogʻi Italiya 1981-1985
10 Marselo Guidi Italiya bayrogʻi Italiya 1985-1989
11 Amedo de Franchis Italiya bayrogʻi Italiya 1989-1994
12 Serhio Balansino Italiya bayrogʻi Italiya 1994-2001
13 Alesandro Minuto Riso Italiya bayrogʻi Italiya 2001-2007
14 Klaudio Bisogniero Italiya bayrogʻi Italiya 2007-2012
15 Alexander Vershbow AQSH bayrogʻi AQSh 2012-hozirgi vaqtgacha

Nato Harbiy Qoʻmitasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

NATOning eng oliy harbiy yurishlarni oʻtkazadigan maxsus Nato harbiy qoʻmitasi mavjud boʻlib shulardan iboratdir: tashkilotga aʼzo mamlakatlarning oliy unvondagi harbiylari, qoʻmondonlar, Islandiya fuqarolar raisi (harbiy kuchga ega emasligi sababli) va oʻzlarining harbiy muammolarini oliy kengash bilan muhokama qilish uchun yiliga ikki marotiba yigʻilishadi. Harbiy qoʻmita vujudga kelishida NATO oʻzining harbiy tartibini uchga boʻldi va, shulardan iborat:

  • Yevropadagi ittifoqning yuqori qoʻmondonligi, bularni asosan ittifoqga aʼzo davlatlar qoʻmondonlarining hamfikrligi ostida ish yuritadi.
  • Atlantika okeani qoʻmondonligi, bunda Atlantika ittifoqini yuqori qoʻmondonligi tomonidan boshqariladi
  • Kanal qoʻmondonligi (bu yerda La- Mansh boʻgʻozi nazarda tutilyapti), ushbu qoʻmondonlikka barcha harbiy flot armiyasi va suv osti kuchlari xizmat qiladi.

NATO harbiy qoʻmitasining vazifasi itttifoq mamlakatlar orasida qolaversa dunyo davlatlari orasida oddiy aholi tinchligini birdamlik sifatida saqlash rejalarini takomillashtirish va bu ishlarni amaliy ravishda jonlashtirishdan iboratdir. Yevropa yuqori bosh qoʻmondonlini Nato oliy qoʻmondonligi (asosan amerikalik qoʻmondonlar) nazorat qiladi. Bu qoʻmondonlikga uch Yevropa harbiy teatr qoʻmondonligi nomini olgan koloniyalar boʻysinadi:

  • Shimoliy Yevropa qoʻmondonligi
  • Markaziy Yevropa qoʻmondonligi
  • Janubiy Yevropa qoʻmondonligi

Ushbu choralar orasida harbiy qoʻmita muammolarini NATO maslahatdoshlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Sammit
NATO davlatlarining sammiti (2002)

NATO aʼzolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Davlat Qaydlar
Tashkilotga asos solgan davlatlar
4-aprel 1949 Belgiya bayrogʻi Belgiya
4-aprel 1949 Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
4-aprel 1949 Daniya bayrogʻi Daniya
4-aprel 1949 Italiya bayrogʻi Italiya
4-aprel 1949 Islandiya bayrogʻi Islandiya Islandiya — oʻz armiyasiga ega boʻlmagan NATOning yagona aʼzosi, bu mamlakatning tashkilotga kirishining shartlaridan biridir. Shunga qaramay, davlatning qirgʻoq qoʻriqchilari bor. Shuningdek, NATOning tinchlikparvar missiyalarida ishtirok etish uchun Norvegiyaning bazalarida island koʻngillilarining tayyorlash qarori qabul qilingan.
4-aprel 1949 Kanada bayrogʻi Kanada
4-aprel 1949 Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
4-aprel 1949 Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar
4-aprel 1949 Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
4-aprel 1949 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya
4-aprel 1949 AQSH bayrogʻi AQSh
4-aprel 1949 Fransiya bayrogʻi Fransiya 1966-yil iyulidan Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib ketadi, ammo Shimoliy Atlantika shartnomasining qatnashchisi boʻlib qolaveradi.
Birinchi kengayish
18-fevral 1952 Yunoniston bayrogʻi Yunoniston 1974-yildan 1980-yilgacha Yunoniston blokning boshqa aʼzosi — Turkiya bilan tang munosabatlari sababli NATO harbiy tashkilotida qatnashmaydi.
18-fevral 1952 Turkiya bayrogʻi Turkiya
Ikkinchi kengayish
9-may 1955 Olmoniya bayrogʻi Germaniya Faqat Gʻarbiy Olmoniya qoʻshiladi, Saar GFR bilan 1957-yilda birlashadi, GDR — 3-oktabr 1990-yilda.
Uchinchi kengayish
30-may 1982 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2001-yili, Ispaniyani sotsialistlar boshqara boshlagandan soʻng Ispaniya NATOning harbiy organlaridan chiqadi, ammo NATOning aʼzosi boʻlib qolaveradi.
Toʻrtinchi kengayish
12 mart 1999 Vengriya bayrogʻi Mojariston
12 mart 1999 Polsha bayrogʻi Polsha
12 mart 1999 Chexiya bayrogʻi Chexiya
Beshinchi kengayish
29 mart 2004 Bolgariya bayrogʻi Bolgariya
29 mart 2004 Latviya bayrogʻi Latviya
29 mart 2004 Litva bayrogʻi Litva
29 mart 2004 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya
29 mart 2004 Slovakiya bayrogʻi Slovakiya
29 mart 2004 Xatolik!
29 mart 2004 Estoniya bayrogʻi Estoniya
oltinchi kengayish
1 аprel 2009 Albaniya bayrogʻi Albaniya
1-aprel 2009 Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya

Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilotda 1967-yilning dekabridan Oliy harbiy va siyosiy organ rukni ostida Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi tashkillashtirildi. Ushbu organ oʻzining ichiga olgan qamrovliligi natijalarida Maslahat organi bilan teng huquqlidir. Bu alyansning oliy harbiy hukumati sanaladi hamda strukturasi doimiy aʼzo davlatlar raislaridan tarkib topgan boʻlib, kamida ikki yilda bir marta harbiy aloqalar bilan xavfsizlikni taminlash borasidigi savollarni muhokamalash uchun oʻzaro mudofa vazirlari darajasida yigʻinlar uyushtirilib hal qilinib turiladi. Qoʻmita NATOga aʼzo mamlakatlarni umumiy xavfsizlikni taʼminlash va yuksaltirish nuqtai nazarini NATOning siyosiy hukumatiga tavsiya qilib keladi. Mudofaalar rejalashtirish qoʻmitasi har yillik shahar va mamlakatlar miqyosida tinch aholini xavfsizlik bilan taminlashga tayyorgarlik samaradorligini oshirishiga koʻmaklashadi. Inqiroz yuz berganda yoki jang vaqtida qoʻmita urush holatini baholash maslahatini taklif etib, harbiy kuchlarning foydalanilishi va yangi qoidalar ish chiqishni tavsiya qiladi. Ushbu qoʻmita qarorlari bilan deyarli NATOning boshqa masalalari tez hal boʻlibgina qolmay shu bilan birgalikda tayyorgarliklar, echimlarning qabul qilinishi ahamiyatga molik darajada va bevosita bogʻliqdir.

Bosh shtab[tahrir | manbasini tahrirlash]

NATOning harbiy qoʻmitasi raislari va yuqori bosh qoʻmondonlik organi bilan birgalikda oliy harbiy namoyandachilar hamda qurolli kuchlar ittifoqi sifatida NATO bosh qarorgohida oliy pogʻonlardan oʻrin olishgan. Birlashgan ittifoq doirasida Yevropa mintaqasidagi ikki qoʻmondonlikni oʻz maqsadlariga yoʻnaltirishadi.

  • Shimoliy Yevropaning birlashgan kuchlari:
  1. Belgiya bayrogʻi Belgiya
  2. Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
  3. Olmoniya bayrogʻi Germaniya
  4. Daniya bayrogʻi Daniya
  5. Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
  6. Niderlandlar bayrogʻi Niderlandlar
  7. Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
  8. Polsha bayrogʻi Polsha
  9. Chexiya bayrogʻi Chexiya

Asosiy qarorgoh Niderlandlarning Brunsam shahrida joylashgan;

  • Janubiy Yevropaning ittifoq kuchlari:
  1. Vengriya bayrogʻi Mojariston
  2. Yunoniston bayrogʻi Yunoniston
  3. Italiya bayrogʻi Italiya
  4. Ispaniya bayrogʻi Ispaniya
  5. Turkiya bayrogʻi Turkiya

Asosiy qarorgoh — Italiyaning Neapol shahrida joylashgan.

Atlantikaning oliy qoʻmondonligi besh asosiy boʻlinmalardan iborat:

  • Sharqiy Atlantika,
  • Gʻarbiy Atlantika,
  • Janubiy Atlantika,
  • Zarba beruvchi flot,
  • Suvosti kemalarining birlashgan qoʻmondonligi.

Xalqaro harbiy shtat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harbiy qoʻmitaga izchillik borasida xalqaro harbiy shtat yordam beradi va shahsiy harbiylardan tarkib topgan boʻlib davlat ishlarini toʻgʻri manbalarda yoʻnaltirish qoidasi bilan NATO asosiy qarorgohida faoliyat yuritadi. Ushbu qoʻmita NATOning echimlarini tahlil qilib tayyorlaydi hamda harbiy hamkorlikni davlatlarning aʼzolari oʻrtasida uchinchi ishtirokchi sifatida bitim tuzadi (bu yerda NATOning namoyandalari va unga aʼzo mamlakatlardan tashqari alohida keltirilyapti). 2002-yilda shtat ishtirokidagi faoliyatda 16 mingga yaqin odam qatnashgan. Xalqaro harbiy shtat hayati NATO davlatlari aʼzolari tomonidan tavsiya qilingan davogarlarni Harbiy qoʻmita yordamida saylangan toʻrt yulduzli qoʻmondon tomonidan boshqariladi. Ushbu qoʻmondon oʻzi bilan birga beshta boʻysinadigan vitse-direktorlarga ega, bularning har biri tegishli shtab ostida boʻlingan javobgarliklarga maʼsuldir (yaʼni rejalar va siyosat borasida, tahliliy amaliyotlar, bitimlar, mintaqalar xavfsizligi, qurolli va harbiy zahiralar). Shtab ichida maslahatchilar guruhi, konsultantlar va nazoratchilarga ega.

Iqtisodiy qoʻmita[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatlar orasida hamma taraflama hamkorlik maqsadlarini hayotiylashtirish va NATO masalalariga oid shartnoma yaratish Iqtisodiy qoʻmita tomonidan oʻz boʻyniga olingan va ushbu qoʻmita aʼzolari mamlakatlar orasida qiziqtirgan savollar yaʼni iqtisodiy rivojlanish hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadi va mudofaaga qobiliyatli mamlakatlar orasida oʻtkaziladigan forumlarni koʻrib chiqadi. Bu qoʻmita tabiy jihatdan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qilishda keng dunyoqarash va sharoit vaziyatlarini mudofaa qobiliyatiga tayyorlash nigohi bilan nazar soladi (budjetdagi harbiy chiqim mablagʻlari, mudofa komplekslari sanoati rivojlanishi, mudofa rejalarini amalga oshirish uchun muhim zahiralar bilan taminlash va hokazo). Bu masalalar doirasiga kiradigan savollar boʻyicha har yili NATO tashkilotchilari orasida oʻrtaga tashlanib iqtisodiy muammolar va xom-ashyolar borasida muhokamalar qilinib tadbiq qilinadi. Bunday yigʻinlarni tayyorlash va oʻtkazishga Iqtisodiy qoʻmita rahbarlik qiladi.

Qoʻmondonlik kotibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

NATO bayrogʻi
NATOga mamlakatlarning aʼzo boʻlishi (Miniatura shaklida)

Deyarli kun ora NATOning barcha qoʻmitalari faoliyatidagi xalqaro kotibiyat yigʻinini hokimiyatda tayinlangan aʼzo Qoʻmondon kotibi boshchiligida tashkillashtiriladi.

Qoʻmondonlik kotibi bir vaqtning oʻzida NATO maslahatdoshlar organi raisi, mudofalar rejalashtirish qoʻmitasi, yadroviy rejalar guruhi hamda NATOning boshqa barcha qoʻmitalarning rasmiy raisi vazifasiga tayinlangan. Ushbu shaxs muhokamalarni harakatlantirish va tashkillashtirish, shu bilan birgalikda amalda tadbiq qilish choralarini uning echimi va dunyoqarashiga asoslanib koʻrib chiqiladi. Qoʻmondonlik kotibining oʻzi NATO doirasidagi aʼzo mamlakatlar muammolarini muhokama qilishi, bahslar bilan oʻrtoqlashishi, oʻzining shaxsiy xizmatidan foydalanishi va qabul qilingan qarorlarni taqdim qilish borasida tegishli huquqlarni qabul qiladi. U NATOning tashqi koʻlamligi borasida asosiy raisi va alohida hokimiyat yoki jamiyat bilan aloqa qiladigan targʻibotchisi sanaladi. Baʼzi bir holatlarda bosh kotib oʻz oʻrnida boʻlmaganida, uning vazifalarini vaqtincha barcha qoʻmitalarning oʻrta darajadagi raisi, yaʼni bosh kotib oʻrinbosari egallab turadi.

Qoʻmondonlik kotibining boshqaruv vakolatiga xalqaro hamkorlar, Qoʻmondonlik kotibining xizmati uchun ajratilgan besh operatsiya boʻlimi, boshqarma xizmati va moliyaviy nazorat xizmatlari kiradi va qaʼtiy qoidalarga rioya qilib erkin foydalanish huquqiga ega. Bu boʻlimlarning har biriga Qoʻmondonlik kotibining yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Yordamchi esa asosiy qoʻmita javobgarligi boʻlimining raisi hisoblanadi. Qoʻmondonlik kotibi NATO tashkilotining yuritayotgan ishlariga vazirlar darajasida ado etuvchi kotib sifatida javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi.

NATOning ish yuritadigan rasmiy tillari ingliz tili va fransuz tilidir.

NATO mahkamasi qarorgohi Belgiya poytaxti Brussel shahridan oʻrin olgan.

Stoltenberg siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

NATOning yangi rahbari Yevro-Atlantika ittifoqi turli tomonlardan yangi tahdidlar bilan yuzlashayotgani haqida ogohlantirgan.Afinada Yunoniston Bosh vaziri Antonis Samaras bilan koʻrishgan Yens Stoltenberg Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlarini hamda Iroq va Suriyadagi janglardan vataniga qaytayotgan xorijlik jangarilarni Yevropa uchun yangi tahdid manbalari deya sanagan.

Antonis Samarasga koʻra, Rossiya bilan toʻliq harbiy hamkorlikni qayta tiklash hozir imkonsiz, ammo Moskva bilan muloqotni davom ettirish kerak, deya oʻz fikrini qayd etgan.

Rossiya harbiy samolyotlarining Yevropa osmonida faollashishi ortidan NATO harbiy hozirligini oshirayotgani haqida xabar bergan.[3] Stoltenbergning aytishicha, ittifoq Boltiq, Shimoliy va Qora dengizlar uzra Rossiya amalga oshirayotgan havo reyslarini yaqindan kuzatib bormoqda. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, Rossiya Ukraina ichida va chegarasida harbiy kuch toʻplab, ilgʻor uskuna va havo mudofaasi tizimlarini oʻrnatmoqda degan fikrlarni yuritgan.Stoltenberg Moskvadan qoʻshinlarini ortga qaytarishni soʻrab, Ukraina sharqidagi ixtilofni tugatishga hissa qoʻshishga chaqirgan. Gʻarb nazarida Kreml isyonchilarni qoʻllab-quvvatlagan degan farazlar boʻlgan. Moskva bu daʼvolarga javoban har doim ayblovlarni inkor etgan.Ukraina Mudofaa vazirligi 2014-yilning 16-noyabridan to 18-noyabriga qadar Ukraina gʻarbida sodir boʻlgan toʻqnashuvlarda besh askarini yoʻqotganini, sakkiz nafari yaralanganini maʼlum qilgan.Olmoniya Tashqi Ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmeyer Ukraina hukumati va isyonchilarni 2014-yilning sentabr oyida Minskda imzolangan tinchlik shartlarini bajarishga chaqirgan.Birlashgan Qirollik Tashqi Ishlar vaziri Filip Xemmondning fikricha, tinchlik bitimini imzolagan Rossiyaga uning majburiyatlarini eslatib turish kerakligini taʼkidlagan.Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk nazarida Ukraina va Rossiya rasmiylari neytral hududda masala boʻyicha muzokara qilishi lozimligini taʼkidlagan boʻlsa, Kreml bunga javoban Kiyevni sharqdagi isyonchilar bilan muloqotga chorlagan.Ukraina Prezidenti Petro Poroshenkoning Olmoniya matbuotiga aytishicha, kerak boʻlsa, Ukraina Rossiya bilan keng qamrovli urushga tayyorligini yashirib oʻtirmagan.[4]

Sovet Ittifoqi, Rossiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yili Bitimning tuzilishida Sovet Ittifoqi deputatlari orasida mamlakatning xususiy xavfsizligiga rahna solmoqchi degan fikrlar yuritilgan. 1949-yili va 1954-yillarda Berlin shahrida AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlarining tashqi ishlar vazirlari va SSSR mahkamasi raislari oʻrtasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda NATOni mudofa borasida haddan ziyod chuqurlashib ketgan tashkilot sifatida Sovet Ittifoqi tomonidan tanqid qilingan. Keyinchalik oʻzining tashqi aloqalarini mustahkamlash uchun alyans bitimiga aʼzo boʻlib shu bilan birga NATOga aʼzo barcha mamlaktlarni SSSR bilan hamkorlik qilishiga chaqiradi va oradan bir necha yillar oʻtib hech bir asossiz ushbu hamkorlik bekor qilingan. NATOning xatti harakatlariga javoban Sovet Ittifoqi Yevropa taʼsirini oʻzining ravnaqi yoʻlida bartaraf etish uchun 1955-yil davlat ichidan harbiy blokni Sovet Ittifoqi yuritayotgan siyosatni tahlil etish borasida Varshava shartnomasini tuzadi. Varshava shartnomasi tashkiloti va Sovet Ittifoqi parchalanib ketishidan [5],[6] soʻng NATO jamlanmasi xavflarni bartaraf etish mahkamasi borasida rasmiy bitim tuzdi va bu bitim oʻzining doirasiga Uzoq Sharq mamlakatlarini qamrab olish choralari qoʻyilgan edi. Va NATO oldindan Sovetlar xavfini bartaraf etish maqsadi ekanligini oshkora va yaqqol amerikalik publitsist Noam Xomsk, aytganidek bayon etib kelgan. Noam Xomsk iboralari:

2006-yilning aprel oyida A. I. Soljenitsin, „Moskovskie novosti“ gazetasi muhbirlari savoliga javob berayotib shuni eʼlon qilgan:

7-iyun 2007-yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Shimoliy Atlantikaning ishtirokchi mamlakatlari va „Dunyo tinchligiga birdamlik“ programmasida ishtirok qiladigan boshqa mamlakatlar orasidagi rozilik shartnomasi , 19-iyun, 1995-yilgi qabul qilingan qaror holati hamda unga qoʻshilgan masalalar" borasidagi № 99 federal qonuniga imzo chekdi . 2008-yilning yanvarida NATO ishlarini koʻrib chiqishi boʻyicha Rossiyaning doimiy hukumat boshligʻi vazifasini ijro etish uchun Dmitriy Rogozin tayinlandi va u oʻz oʻrnida Rossiya Federatsiyasi va Shimoliy Atlantika shartnomasi munosabatlarini jamiyatda qiziqtirgan savollarga mavjudiyatlik balandligi sifatini oshirdi.

Londonda joylashgan tadqiqotlar markazi Rossiyani Uchinchi Jahon urushiga turtki boʻladigan harakatlarda ayblagan. Havo makonini buzish, dengizda boshqa davlat hududiga kirish, Gʻarbga qarshi hujumlar uyushtirish niyatini namoyish qilish — bu Kremlning soʻnggi oylardagi qadamlari deya 2014-yilning noyabr oyida yangi hisobotida aynan shu haqida yozgan.2014-yilning fevral oyidan, to 2014-yilning oktabr oyiga qadar Rossiya harbiy samolyotlari NATOga aʼzo davlatlar havo chagaralarini qariyb 40 marta buzib oʻtgan. Bu „Yevropa yetakchilik tarmogʻi“ nomli tahliliy guruh maʼlumoti. Yana bir boshqa hisobotga koʻra, Rossiya qiruvchi samolyotining Daniyaga tegishli yoʻlovchi samolyot bilan toʻqnashishiga oz qolgan. Bundan tashqari, Shvetsiya suvlariga Rossiya suvosti kemasi kirgani taxmin qilingan. Aynan shunday taxminlar hamda Estoniya razvedkasi agentining oʻgʻirlanishi va Rossiyaning mashqlar paytida AQShga qarata raketa uzishini faraz qilishi guruhni izlanish oʻtkazishga majbur qilgan.

Kafolatlar yozma ravishda berilgan, Polshada esa chegara zastavalari bunyod etilgan. Bugunda ular kengaytirilmoqda, NATOga aʼzo davlatlar esa koʻproq mashqlar oʻtkazyapti, xuddi Ukrainadagidek.

Ekspertlar fikricha, Rossiyaning hozirgi siyosati bir tarafdan Gʻarbning harbiy qudratini oʻrganishga, boshqa tarafdan mamlakat ichida Putin obroʻsini oshirishga qaratilgan degan iddaolar ilgari surilgan.Ammo harbiy tahdid jiddiy emas, deya fikr bildirgan Xalqaro strategik tadqiqotlar institutidan Duglas Barri.

Shunga qaramay, sarmoyalar hajmining oshgani Rossiyaga harbiy parvozlarni koʻpaytirishga yordam bergan. 2015-yillarda Kreml qurolli kuchlarini zamonaviylashtirishni rejalagan.

Mutaxassislar fikricha, Rossiyaning asosiy maqsadi NATOning yanada kengayishiga chek qoʻyish va hatto sobiq kommunistik davlatlarni oʻz taʼsir doirasiga qaytarish deb hisoblashgan.[9] NATO rahbarining taʼkidlashicha, Sovuq urush davri qaytgani yoʻq, ammo Rossiyaning harbiy harakatlari oʻrtadagi ishonchga putur yetkazishi mumkinligini matbuot anjumanida bildirib oʻtgan.Alyans tarqatgan maʼlumotga koʻra, oʻtgan ikki kun ichida 20 dan ortiq Rossiya harbiy samolyoti toʻrt guruhga boʻlinib ittifoqning havo chegaralarini kesib oʻtgan.2014-yilning oʻzida bunday holatlar soni 100 dan oshgan. Bu esa oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan uch barobar koʻp demakligini mutaxasislar taʼkidlashgan.2014-yilning mart oyida Rossiya Qrimni oʻz hududiga qoʻshib olgandan keyin Rossiya va NATO aloqalari keskin sovuqlashgan. NATO, shuningdek, Moskvani sharqiy Ukrainadagi isyonchilarni qoʻllab-quvvatlayotganlikda ayblagan. NATO soʻzlovchisining aytishicha, Rossiya samolyotlarini toʻxtatish uchun Norvegiya, Birlashgan Qirollik, Portugaliya, Germaniya va Turkiyaga qarashli qiruvchi samolyotlar havoga koʻtarilgan. Bu nomaʼlum samolyotlar NATO hududiga kirganda doim rioya qilinadigan odatdagi tartib, deya bu holatni izohlagan NATO rasmiysi. NATOning sharqiy aʼzolari, xususan, Polsha va Boltiqboʻyi davlatlari, ayniqsa, Rossiyaning harbiy faolligidan norozi boʻlishgan. Ularning xavotirlariga javoban, AQSh yetakchiligidagi ittifoq mintaqada havo sarhadlarini qoʻriqlovchi samolyot va harbiy mutaxassislar sonini oshirgan.

Oʻzbekistonning NATO bilan hamkorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi hamkorlik 1994-yil 13-iyulda tasdiqlangan NATOning „Tinchlik yoʻlida hamkorlik“ dasturining Doiraviy bitimiga muvofiq, hamda 1996-yildan boshlab har yil ishlab chiqariladigan hamkorlikning muhim sohalarini qamrab oladigan (harbiy taʼlim, mudofaa siyosati, terrorizmga qarshi kurash, ilmiy izlanishlar, favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasini taʼminlashni rejalashtirish) sherikchilik boʻyicha individual dasturlar doirasida amalga oshiriladi.[10]

Oʻzbekiston va NATOning YeAHK doirasidagi maxsus yigʻilishlarida, jumladan YeAHKning tashqi ishlar va mudofaa vazirlari, elchilar, siyosiy qoʻmitalar, oliy harbiy-siyosiy qoʻmitalar, „Tinchlik yoʻlidagi fan“ boʻyicha Qoʻmitasi va fuqarolar muhofazasi boʻyicha Qoʻmitasi yigʻilishlarida ishtirok etib kelmoqda.

Xalqaro ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirishda NATOga aʼzo mamlakatlar bilan hamkorik, yaʼni NATOning Fan qoʻmitasi alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillardagi Oʻzbekistonning NATOga aʼzo davlatlar bilan hamkorligi tajribasi uning juda samarali ekanligini koʻrsatmoqda. Hozirgi paytda Oʻzbekistonda NATO bilan informatsion texnologiyalar, tibbiyot va boshqa qator loyihalar amalga oshirilmoqda. 2007-yil may va 2008-yil oktabr oylarida NATOning Fan qoʻmitasi raisi K.Uspelerning Oʻzbekistonga tashrifi hamkorlikning yanada yangi bosqichlarga koʻtarilishiga turtki boʻlgan.

2008-yil 3-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov NATO Bosh kotibi Ya.Sxefferning taklifiga binoan NATO/EAHKning Buharest shahridagi sammitida ishtirok etdi va Afgʻonistonda barqarorlikni taʼminlash maqsadida „6+3“ Guruhini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Oʻzbekiston va NATO oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlanish masalalarini muhokama qilish maqsadida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha NATO Bosh kotibining maxsus vakili R.Simmons respublikaga bir necha bor tashrif buyurgan.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy sayti
Jamoaviy yangiliklar

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Bu sahifa oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan.

Nuvola apps important yellow.svg

Iltimos, bu sahifaning imlosini tekshirib, xatolarni oʻnglang. Oʻzbek tilining imlo lugʻatlari:

Oʻzbek tilining imlo lugʻati (kirill yozuvida)
Oʻzbek tilining imlo lugʻati (lotin yozuvida)