Kuvayt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Quvaytdan yoʻnaltirildi)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Quvayt Davlati
دولة الكويت
Shiorدولة الکوݐت
Arabcha: Quvayt Davlati
Madhiya: Al-Nasheed Al-Watani
Location of Kuvayt
Poytaxt Al-Quvayt
Rasmiy til(lar) Arabcha
Hukumat Semi-Konstitutsion Rohiblik
• Amir
Navvof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
Saboh al-Xolid as-Saboh
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
19-iyun 1961
Maydon
• Butun
17,820 km2 (157-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
2,335,648 (140-oʻrin)
• Zichlik 131/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$53,310 mil. (74-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$22,825
Pul birligi Kuwaiti Dinar (KWD)
Vaqt mintaqasi UTC+3
• Yoz (DST)
UTC+3
Qisqartma KW
Telefon prefiksi 965
Internet domeni KW


Kuvayt, Kuvayt Davlati (Davlat al-Kuvayt) — Arabiston yarim orolida, Fors qoʻltigʻining shimoli-gʻarbiy sohilidagi davlat. Maydoni 17,8 ming km². Aholisi 2,04 mln. kishi (2001). Poytaxti — Al-Kuvayt shahri. Maʼmuriy jihatdan 3 viloyatga boʻlinadi.

Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuvayt — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1962-yil 16-noyabrda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — amir (1977-yildan shayx Jobir al-Ahmad al-Jobir as-Saboh). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amir va parlament — Milliy majlis, ijroiya hokimiyatni amir va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. Yer yuzasining koʻp qismi gʻarbdan sharqqa pasayib boruvchi plato. Fors qoʻltigʻining sohili botqoqli pasttekislik. Kuvayt hududi Afrika— Arabiston platformasining Shimoli-sharqida. Basra—Kuvayt sineklizasida joylashgan. Iqlimi quruq, tropik iqlim. Yanvarning temperaturasi 11°, iyulniki 34°. Yillik yogʻin 100–150 mm. Landshafta: shimoliy qismida toshloq, markaziy va janubiy qismiga tomon qumli choʻl bilan almashinib boradi. Oʻsimlik kam, tuprogʻi boʻz tuproq.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisining 90% ga yaqini arablar, ularning yarmidan koʻpi muhojirlar. Koʻchmanchi badaviylar, hindistonlik va pokistonliklar, eronliklar ham yashaydi. Rasmiy tili — arab tili. Dini — islom dini. Aholining 96%i shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Kuvayt va Al-Ahmadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Miloddan avvalgi 3-ming yillikkacha Kuvayt hududi Bobil, Ossuriya va Eron davlatlari tarkibiga kirgan. Undan keyingi davrlarda esa turli davlatlar oʻrtasida talash boʻlib keldi.

7-asr dan Kuvayt arab xalifaligi, 16-asrdan Usmonli turk saltanati tarkibida. 18-asr oʻrtalaridan Kuvaytda hokimiyat as-Saboh sulolasi shayxlari qoʻlida. 18-asrning 60-yillaridan Kuvaytga Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi kirib kela boshladi. 1899-yildan Kuvayt amalda Buyuk Britaniya tasarrufiga oʻtdi. Kuvayt xalqining kurashi natijasida 1961-yil 19-iyunda Kuvayt mustaqillikka erishdi. Hukumat bir necha ilgʻor islohot oʻtkazdi. Mamlakatda siyosiy hayot faollashib, 1967-yilda Kuvayt kasaba uyushmalari federatsiyasi tuzildi. Kuvayt hukumati ijobiy betaraflik, hamma mamlakatlar bilan hamkorlik qilish siyosatini rasmiy ravishda eʼlon qildi. 1990-yil 2-avgustda Iroq Kuvaytni bosib olib, oʻz viloyati deb eʼlon qildi. BMT Xavfsizlik Kengashining qaroriga binoan, 29 mamlakatdan iborat koalitsiya kuchlari Kuvaytni 1991-yil 26-fevralda butunlay ozod qildi.

Kuvayt 1963-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1994-yil 8-iyulda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25-fevral — Milliy kun (1961).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuvaytda siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlangan. Kuvayt demokratik forumi, muxolifatdagi partiya, 1991-yil 7 muxolifat guruhining birlashuvi natijasida tuzilgan. Kuvayt ishchilari umumiy federatsiyasi kasaba uyushmasi 1967-yil dekabrda tuzilgan. Arab kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi va Jahon kasaba uyushmalari federatsiyasi aʼzosi.

Iqtisodiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushigacha Kuvayt iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi koʻchmanchi chorvachilik, sohilda esa dengiz jonivorlarini ovlash boʻlgan, aholining bir qismi savdo-sotiq va, xususan, marvarid savdosi bilan shugʻullangan. Urushdan keyin boy neft konlari negizida neft kazish sanoati rivojlandi. 1970-yillarga kelib yalpi milliy mahsulotning salkam 60%, valyuta tushumining 94% neft sanoatiga toʻgʻri keldi. Iroq agressiyasi Kuvayt iqtisodiyotiga, ayniqsa, neft konlariga katta zarar yetkazdi. Ammo 1993-yil dayoq neft eksportidan olingan mablagʻ urushdan avvalgi darajadan oshib 9,9 mlrd. va 1994-yil 11,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Kuvaytda neftdan olinadigan daromadlarning 10% "Kelgusi avlodlar jamgʻarmasi"ga oʻtkaziladi. Asosiy neft konlari: Al-Burkon, Al-Makva, Vafra, Ahmadi. Yiliga 25 mln. tonva neftni qayta ishlab oladigan 3 ta zavod mavjud. Tabiiy gaz ham qazib olinadi. Shuningdek, kimyo (kimyoviy oʻgʻit, ammiak, oltingugurt, kaustik soda, boʻyoq), kemasozlik, metall ishlash (quvur, akkumulyator), oziq-ovqat, qurilish ashyolari sanoati (sement, gʻisht, cherepitsa va boshqalar) ishlab chiqarish kabi tarmoqlari ham rivojlangan. Elektr stansiyalar, dengiz suvini chuchitadigan qurilmalar bor. Temir-tersakdan metall eritadigan, neft sanoati uskunalarini, roʻzgʻor elektr va radio asboblarini taʼmirlaydigan korxonalar, hunarmandchilik ustaxonalari ham mavjud. 90-yillarda neft sanoati yalpi ichki mahsulotning 42% ni, boshqa sanoat tarmoqlari 14,5%, qishloq xoʻjaligi esa 0,3% ni tashqil etdi. 1 yilda oʻrtacha 16,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligida hamon koʻchmanchi chorvadorlik ustun. Vohalarda xurmo, bugʻdoy, arpa, sabzavot yetishtiriladi. Umuman, mamlakat xududining atigi 1 % qishloq xoʻjaligi ga yaroqli. Bu aholinig qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ehtiyojining 50% nigiva qondiradi. Oziq-ovqatning koʻp qismi chetdan keltiriladi. Baliqovlash aholi ehtiyojining 25% ni qondiradi. Kuvaytda temir yoʻl yoʻq. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 4 ming km dan ortiq. Dengiz transporta, ayniqsa, tankerdar katta ahamiyatga ega. Asosiy dengiz portlari: Shuvayx (Kuvayt), AshShuayba, Mino-al-Ahmadi. Chetga neft va neft mahsulotlari, kimyoviy oʻgʻit, suyultirilgan gaz, asbest quvurlar, sement va boshqa chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, transport vositalari, qurilish ashyolari, metall va metall buyumlar, oziq-ovqat keltiradi. Kuvaytning bir qancha mamlakatlardagi sarmoyalarning katta qismi koʻchmas mulkka aylantirilgan. Jumladan, Gollandiya va Daniyada Kuvayt ga karashli neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi 9 davlatda 5117 avtomobil yoqilgʻisini quyish tarmoqlari mavjud. Bundan tashqari, Angiyaning "British petrolium", "Midlend", Germaniyanig "Daymler bens", "Folksfagen", "Simens", Ispaniyaning "Taras", Fransiyaning "Pariba" kabi yirik kompaniya va banklari hissadoridir. "Santa-Fe" xalqaro neft kompaniyasi Kuvaytning toʻla xususiy mulki hisoblanadi. Asosiy savdo mijozlari: Yaponiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Xitoy, arab mamlakatlari. Pul birligi — Kuvayt dinori.

Tibbiy xizmati, maorifi va ilmiy muassasalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vrachlar Kuvayt davlat universitetida va chet ellarda tayyorlanadi. Davlat oʻquv yurtlarida barcha turdagi taʼlim bepul. Xususiy maktablar ham bor. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 4 yil, oraliq maktabda 4 yil va oʻrta maktabda 4 yil Boshlangʻich va oral i q maktablarda 6— 14 yoshdagi bolalarning oʻqishi majburiy. Mamlakatda 1 oliy oʻquv yurti — Kuvayt davlat universiteti (1966-yilda asos solingan) mavjud. Ilmiy muassasalari: Kuvayt ilmiytadqiqot instituti (1967), qishloq xoʻjaligi tajriba styasi (1953), Arab rejalashtirish instituti (1966)— hammasi Kuvayt shahrida. Kuvayt markaziy kutubxonasi (1936), universitet kutubxonasi, Kuvayt shahrida Kuvayt muzeyi va tabiiy-tarixiy muzey bor.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kuvaytda bir necha gazeta va jurnal nashr etiladi. Eng muhimlari: "Al-Anba" ("Xabarlar", arab tilidagi kundalik gazeta, 1976-yildan), "Arab tayme" ("Arab vaqti", ingliz tilidagi gazeta, 1977-yildan), "Al-Vatan" (arab tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), "Al-Jamahir" ("Omma", arab tilidagi kundalik gazeta, 1984-yildan), "Al-Kabas" ("Bilim", arab tilidagi kundalik gazeta, 1972-yildan), "Kuvayt tayme" ("Kuvayt vaqti", ingliz tilidagi kundalik gazeta, 1961-yildan), "Ar-Risola" ("Maktub", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "As-Siyosa" ("Siyosat", arab tilidagi kundalik gazeta, 1965-yildan), "Al-Xadaf" ("Maqsad", arab tilidagi haftalik gazeta, 1961-yildan), "Al-Amal" ("Ishchi", haftalik jurnal), "Al-Arabi" ("Arab", oynoma, 1958-yildan), "Al-Kuvayti" ("Kuvaytlik", haftalik jurnal, 1961-yildan), "At-Talia" ("Ilgor", haftanoma, 1962-yildan). Kuvayt axborot agentligi (KUVA) 1976-yilda tuzilgan. Kuvayt radioeshittirish xizmati 1951-yil, televideniyesi 1961-yil tashqil etilgan.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faylaka oroldan qad. ibodatxona vayronasi, jez haykalchalar, ioniy kolonnali Satir ibodatxonasi, keramika buyumlari topilgan (miloddan avvalgi 3-asr). Kuvayt shahrining eski uylari 1—2 qanatli boʻlib, tosh va loydan ishlangan hamda tashqi (devon) va ichki (haram)ga ajratilgan. Gumbazli 1 va 2 minorali jome masjidlar (Katta masjid, as-Suk va boshqalar) qurilgan. 1950—60 yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat inshootlari barpo etildi. Koʻp qanatli uylar qurilib, koʻchalar koʻkalamzorlashtirildi. Temir-beton va oynadan qurilayotgan koʻp qanatli uylar koshinli, shishaband. Xalq ustalarining sanʼati bezak buyumlarda (yogʻoch kosa, shisha munchoqlar, qimmatbaho tosh koʻzli oʻzuklar, kumush yoki qoʻrgʻoshin qoplab vaqshlangan chilimlar va boshqalar) koʻzga tashlanadi.

Musiqasi arab musiqa sanʼati bilan bevosita bogʻlangan. Hanaskorlik musiqa sanʼati rivojlangan. Chet elda oʻqib kelgan musiqa mutaxassislari maktablarda daryo beradi va hanaskorlar orkestrini tashqil qiladi. Yirik milliy professioval orkestr — radio va televideniye orkestri bor. Unga mahalliy bastakorlar musiqa yozib beradi.

Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]

1957-yil Xalq, teatri tuzildi. 1959-yildan Arab teatri ishlay boshladi. Uning repertuarini Misr va mahalliy mualliflar pyesalari boyitib keldi. 1964-yil truppani miyerlik rejissyor Zakiy Toʻlaymat boshqarib, arab pyesalarini sahnalashtirdi va mamlakatda ilk bor teatr bilim yurtini tashqil etdi. 1963-yil Fors qoʻltigʻi Kuvayt teatri paydo boʻldi va unda mahalliy dramaturglar asarlari qoʻyildi. 1967-yil yava bir teatr truppasi — Kuvayt teatri tashqil etildi.

Kinosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

60-yillar boshidan qisqa metrajli voqeiy va hujjatli filmlar suratga olina boshladi. 1971-yil "Shafqatsiz dengiz" (rejissyor Xolid Saddiq) badiiy filmi namoyish qilindi. Kuvaytning oʻz kinostudiyasi yoʻq.

Oʻzbekiston — Kuvayt munosabatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yil iyulda ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgach, turli sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. 1994-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Kuvayt oʻrtasida "Havo qatnovi toʻgʻrisidagi bitim" kelishib olindi.

1997-yilda Kuvayt iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi Nukus va Urganch shaharlarini suv bilan taʼminlash loyihasi uchun 18 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi. Ayni vaqtda Oʻzbekistonga 6 mln. Kuvayt dinori miqdorida kredit berish haqidagi shartnoma imzolandi; 20 yil muddatga berilgan bu kreditda 5 yillik imtiyozli davr koʻzda tutilgan.

1998-yil 250 ming kuvayt dinori miqdoridagi kredit mablagʻi oʻzlashtirildi. Ikki davlat oʻrtasida siyosiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bunga Kuvayt parlamentida Kuvayt — Oʻzbekiston doʻstlik qoʻmitasi tashkil etilgani yaqqol misol boʻla oladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil