Bosh Sahifa
Tanlangan maqolaPortugaliya imperiyasi (portugalcha: Império Português), shuningdek tarixda Portugaliya mustamlakachi imperiyasi (Império Colonial Português) deb yuritilgan ushbu davlat hozirgi Portugaliyadan tashqari dunyoning katta qismlarida joylashgan bir qancha mustamlakalarni oʻz ichiga olgan. Ushbu imperiya Yevropadagi eng uzun umr koʻrgan davlatlardan biri boʻlib, 1415-yil Shimoliy Afrikadagi Sueta urushidan to 1999-yil Makao suverinitetining Xitoyga topshirilguniga qadar qariyb olti asr tarixda oʻz mavjudligini surdirgan. Imperiyaga XV asrda asos solingan boʻlib, XVI asr boshidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Osiyo va Okeaniyaning turli mintaqalariga oʻz hududini kengaytirib borgan. Portugaliya imperiyasi Buyuk geografik kashfiyotlar davrida paydo boʻldi va Portugaliya qirolligining kuch va qudrati natijasida dunyoning koʻp qismlarini oʻziga boʻysundira oldi. Portugal dengizchilari 1418—1419-yillarda kartografiya va dengiz texnologiyasidagi soʻnggi yutuqlardan foydalangan holda ziravorlar savdosi uchun yangi dengiz yoʻllarini topish maqsadida Afrika qirgʻoqlarini va Atlantika okeani arxipelaglarini tadqiq qilishni boshladilar. (Davomi...) Yaxshi maqola
23-avenyu (koʻcha) (inglizcha: 23rd Street) — New Yorkning Midtown Manhattan borosidagi ikki tomonlama koʻcha. Orolni sharqdan gʻarbga kesib oʻtuvchi asosiy magistral yoʻllardan biri. Koʻcha gʻarbdagi Oʻn birinchi avenyudan sharqdagi FDR magistraligacha davom etadi. Koʻcha 1811-yilda Manhattanni rivojlantirish boʻyicha keng qamrovli reja qabul qilingandan keyin paydo boʻlgan. Unda mashhur mehmonxonalar, jumladan Fifth Avenue mehmonxonasi, shuningdek, koʻplab teatrlar qurilgan. Koʻchada 2013-yilda qurilgan Flatiron Building, MetLife Tower va One Madison tarixiy osmonoʻpar binolari joylashgan. Manhattandagi boshqa raqamlangan koʻchalar singari, 23-koʻcha ham 5-avenyu tomonidan gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlingan. Ikkalasi ham Flatiron hududining bir qismi boʻlgan Madison maydonida joylashgan. 6-avenyudan boshlab, gʻarbiy 23-koʻcha bloki orqali oʻtadi. Sharqda, Lexington avenyusidan boshlab, koʻcha shimolda Kips koʻrfazi va janubda Gramerci va Piter Cooper Village chegaralari boʻylab oʻtadi (Davomi...)
Xushsifat maqola
Onna-musha — hozirgi zamongacha boʻlgan Yaponiyadagi ayol jangchilarga tegishli atama. Bu ayollar samuraylar bilan birga janglarda qatnashgan. Ular feodal Yaponiyada bushi (jangchi) sinfiga mansub boʻlib, urush paytida uy xoʻjaligi, oilasi va shaʼnini himoya qilish uchun qurol ishlatishga oʻrgatilgan. Ular, shuningdek, yapon adabiyotida muhim mavqega ega, Tomoe Gozen va Hangaku Gozen onna-mushalari shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Besshikime („ayollarning boshqacha ko'rinishi“), daimyolar urugʻ rahbarlarining xotinlari va kanizaklar haramlari hamda turar joylarining soqchilari boʻlishgan. Genpey urushi (1180—1185) — Taira (Heike) va Minamoto (Genji) sulolalari oʻrtasidagi urush boʻlib, bu yaponiyalik urugʻlar Heyan davridagi eng mashhur ikki sulola hisoblanadi. „Heike haqida ertak“ dostoni XIII asr boshlarida jasur va fidoyi samuraylarning hikoyalarini xotirlash maqsadida yaratilgan. Ular orasida Minamoto sulolasidan boʻlgan Minamoto no Yoshinakaning xizmatkori Tomoe Gozen ham bor edi. U Yoshinakaga amakivachchasi Minamoto no Yoritomoning qoʻshinidan himoya qilishda yordam berdi, ayniqsa 1184-yilda Avazu jangi paytidagi uning xizmatlari beqiyosdir. Tomoe Gozen har doim ham tarixiy shaxs sifatida qayd qilinmagan. Biroq, u koʻplab jangchilar sinfiga, shu jumladan anʼanaviy Naginata maktablariga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Uning jangdagi harakatlari Noh Tomoe pyesasi va turli xil ukiyo-e kabi sanʼat uslublarida katta eʼtiborga sazovor boʻldi. Genpey urushining yana bir mashhur ayol generali Hangaku Gozen edi. Tomoe Gozen Minamoto urugʻining ittifoqchisi boʻlsa, Hangaku Gozen Taira urugʻi bilan ittifoq tuzgan. Bu ikki taniqli ayol generalning yetishib chiqishi bu davrda ayollarning maqomi keyingi davrlarga nisbatan yuqoriroq boʻlganligini tasdiqlaydi. Oʻtgan asrlarda, ayollarning imperator taxtiga oʻtirishi odatiy hol hisoblanar edi, ammo bu kelajakda Meydzi hukmronligi paytida oʻzgaradi. Yaponiya tarixida ayollar, odatda, de-yure samuray qabilasining boshliqlariga aylanmasalar-da, bir necha hollarda de-fakto oʻz urugʻlarini boshqarganlar.(Davomi...)
|
Yangiliklar
Bilasizmi...
Bugun8-sentabr
Xalqaro savodxonlik kuni
Tanlangan tasvir |
Vikipediyaning qardosh loyihalari
Vikipediya Vikimedia Jamgʻarmasi notijorat tashkiloti tomonidan yaratilgan boʻlib, ushbu tashkilot yana quyidagi ochiq loyihalarni boshqaradi:
MediaWiki Viki dasturlash |
Meta-viki Vikimedia loyihalari koordinatsiyasi |
Vikigid Sayohat haqida maʼlumotlar |
|||
Vikiiqtibos Iqtiboslar toʻplami |
Vikikitob Bepul kitoblar va qoʻllanmalar |
Vikilugʻat Lugʻat va tezaurus |
|||
Vikimaʼlumotlar Bepul bilimlar ombori |
Vikimanba Ochiq kutubxona |
Vikiombor Erkin media fayllar ombori |
|||
Vikiturlar Biologik turlar katalogi |
Vikiversitet Ochiq oʻqitish asboblari |
Vikiyangiliklar Ochiq matnli yangiliklar |
Vikitillar
-
1 000 000 tadan ortiq maqola
-
250 000 tadan ortiq maqola
-
50 000 tadan ortiq maqola