YouTube

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
YouTube
YouTube Logo 2017.svg
YouTube homepage.png
Tijoratmi Ha
Sayt turi Videohosting
Roʻyxatdan oʻtish majburiy emas
Qaysi tillarda 76 til[1]
Egasi Google
Ochilgan sanasi 14-fevral 2005
URL youtube.com

YouTube, LLC — videomateriallar hostingini taqdim etuvchi vebsayt. YouTubedan foydalanish qulay va koʻrish osonligi tufayli juda ham mashhur va kirib koʻruvchilari soni koʻpligi boʻyicha jahonda uchinchi oʻrinda turadigan saytdir. Saytda video koʻruvchilar soni kuniga 2 milliarddan ortiq hisoblanadi. Saytda professional videolavhalardan tortib, havaskor videolar, videobloglargacha taqdim etilgan.

2018-yilning dekabrida Oʻzbekistonda YouTube bloklandi.[2]

Google kompaniyasi 2021-yil yozidan youTubeʼda reklama orqali pul topadigan AQSHdan tashqaridagi videoblogerlardan daromad soligʻi ushlab qolishni boshlashi mumkin. Soliq bloger tomonidan eʼlon qilingan videoning Qoʻshma Shtatlarda qayd etilgan koʻrishlar sonidan tushadigan daromadga solinadi. Agar bloger zarur maʼlumotlarni vaqtida taqdim etsa, soliq stavkasi mamlakatda amal qiluvchi qonunga binoan daromadning noldan 30 foizigachani tashkil etadi. Googleʼning AQSHda boʻlmagan blogerlar uchun solinadigan soligʻi 2021-yil iyundan boshlab kuchga kirgan[3].

YouTube ishga tushirilganidan soʻng 2011-yilga qadar foydalanilgan logo. Ushbu logoning yana bir versiyasi „Broadcast Yourself“ yozuvisiz 2015-yilga qadar foydalanilgan.
2015-yildan 2017-yilga qadar foydalanilgan logo.
2017-yildan hozirga qadar foydalanib kelinayotgan logo.
2021-yilda „YouTube“ning servis holati mamlakatlar boʻyicha:
  «YouTube»ning lokal versiyasi bor;
  Lokal versiya mavjud, oldinroq blokirovkada edi;
  Oldinroq blokirovka qilingan edi;
  Qisman blokirovka qilingan;
  Blokirovka qilingan.

Sayt tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 15-fevralda PayPal ning sobiq 3 ishchisi tomonidan yaratilgan mashhur video ulashuvchi vebsayt boʻlib, unda foydalanuvchilar videolarni yuklashlari, koʻrishlari va bir birlari bilan baham koʻrishlari mumkin. Videolar reyting orqali baholanishi mumkin.

Yangi funksiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil mart oyida YouTube funksiyalaridan biriga oʻzgartirish kiritishi haqida xabar berdi. Kontentga qoʻyilgan dizlayklar soni yashiringan boʻladi. Kontent ostidagi salbiy baholarni esa faqat videoblogerning oʻzi koʻra oladi. YouTube rahbariyati videoblogerlarning kontent ostidagi dizlayklarsoni sabab yetkazilayotgan salbiy ta’siri haqidagi shikoyatidan kelib chiqib ushbu qarorga kelgan[4].

Faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • YouTube butunlay Python dasturlash tilida yozilgan.[5]
  • 2011-yilning 14-dekabr kuni MoldytoasterMedia nikli foydalanuvchi tomonidan YouTubedagi eng davomiy video (596 soat, 31 daqiqa va 21 soniya) yuklangan.[6]
  • YouTubedagi eng birinchi yuklangan video — Me at the zoo.
  • YouTubeda eng birinchi fikr COBALTGRUV nikli foydalanuvchi tomonidan aynan eng birinchi yuklangan videoda qoldirilgan. Fikr matni quyidagicha boʻlgan: „Interesting.…“.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]