Goa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Goa — Hindistondagi shtat. Hindiston yarim orolning gʻarbiy qismida joylashadi. Mayd. 3,7 ming km2. Aholisi 1344 mingdan ziyod kishi (2001), asosan, maratx va kannarlar. Maʼmuriy markazi — Panaji sh.

16-asrgacha bu hudud turli hind davlatlari (1312-yildan Dehli sultonligi, 1370-yildan Vijayanagar, 1449 yildan Bahmaniylar davlati, Bijopur sultonligi) tarkibida boʻlgan. 1510-yilda Portugaliya bosib olib, oʻzining Sharqdagi mustamlakalari (Hoʻrmuzdan Aomingacha boʻlgan hudud) markaziga aylantirgan. G. aholisi mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtardi. Bu harakatlar Hindiston mustaqillikka erishgach, yanada kuchaydi va 1961 yilda hind qoʻshinlari hududni portugallardan ozod qildilar. 1962-yildan Hindiston Respublikasi tarkibida.

Relyefi asosan tekislik, sharqda Gat togʻlariga tutashib ketgan. Iqtisodiyotining asosini q.x. tashkil etadi. Asosiy ekini — sholi. Shakarqamish, kokos ttalmasi, mango, banan yetishtiriladi. Temir, marganes rudalari, sohil boʻyidan tuz olinadi. Oʻrmonchilik rivojlangan. Baliq ovlanadi va qayta ishlanadi. Yirik porti — Marmagan. Chetga temir rudasi chiqariladi. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil