Yil
Yil — vaqt oʻlchov birligi: Yerning Quyosh atrofida bir marta toʻla aylanib chiqadigan vaqtga yaqin. Uning davomiyligiga olimlar qadimdan qiziqqanlar. Qad. Xitoy va Misrda Yil ancha aniq hisoblangan. Yunon olimi Gipparx mil. av. 2-asrda Yil "1/300 kuni kam 365 1/4 kun" ekanligini aniqlagan. Bu esa hozirgidan farq qiladi (qarang Kabisa yil). Hoz. vaqtda turli Yil tushunchalari qoʻllaniladi. Mac, Quyoshning koʻrinma harakatida uning yulduzlarga nisbatan ketma-ket 2 marta bir xil vaziyatni egallashi orasida oʻtgan davr yulduz Y.i (siderik Y.) deyiladi; uning davomiyligi 365,256360 oʻrtacha sutkaga teng. Quyoshning bahorgi teng kunlik nuqtasidan ketma-ket 2 marta oʻtishi orasidagi davr tropik Yil deyiladi, u 365,242196 oʻrtacha sutkaga teng. Bundan tashqari, anomalistik Yil — Quyoshning perigeliydan ketma-ket 2 marta oʻtish orasidagi davr (365,259641 oʻrtacha sutka), ajdar Yil — Quyoshning Oy orbitasi tugunlarining biridan (koʻtariluvchi yoki pasayuvchi) ketma-ket ikki marta oʻtishi orasidagi davr (346,620047 oʻrtacha sutka) va boshqa Yil hisoblari mavjud. Shuningdek, Yilning fasl, oylarga boʻlinishi va davomiyligiga qarab hijriy-qamariy, hijriy-shamsiy Y. hisoblari va h.k. mavjud (qarang Kalendar).[1]
Yil oylari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yanvar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yanvar oyi 31 kundan iborat bo'lib, qish faslining ikkinchi oyi hisoblanadi. Bu oy ayni qish chillasiga to'g'ri keladi.
Fevral[tahrir | manbasini tahrirlash]
Fevral oyi qish faslining uchinchi oyi hisoblanadi. Kabisa yilida 29 kun, oddiy yillarda 28 kundan iborat.
Mart[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mart oyi kalendar yilining uchinchi, baxor faslining birinchi oyidir.
Aprel[tahrir | manbasini tahrirlash]
May[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iyun[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iyul[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avgust[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sentabr[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oktabr[tahrir | manbasini tahrirlash]
Noyabr[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dekabr[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |