HTML

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
HTML
(Hypertext Markup Language)
HTML5 logo and wordmark.svg
Tuzilgan yili
Turi
Holati
Fayl kengaytmalari
Muallifi
Versiyalari
Ishga tushirish turi
Bunga asos boʻlgan tillar
Buning asosida tuzilgan tillar
Paradigmalari
Dialektlari
Litsenziya
Operatsion tizim
Veb-sayt html.spec.whatwg.org

HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) — SGML (Standard Generalized Markup Language — standart umumlashtirilgan belgilash tili) ga asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro toʻrda ishlatiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi (SGMLga nisbatan) va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.

Sintaksis[tahrir | manbasini tahrirlash]

<!DOCTYPE html>
<html>
  <head>
    <title>Bu sarlavha</title>
  </head>
  <body>
    <div>
        <p>Hello world!</p>
    </div>
  </body>
</html>
<head>
  <title>Sarlavha</title>
  <link rel="stylesheet" href="stylebyjimbowales.css" /> <!-- stylesheetlarni import qilish -->
</head>
<h1>Sarlavha 1</h1>
<h2>Sarlavha 2</h2>
<h3>Sarlavha 3</h3>
<h4>Sarlavha 4</h4>
<h5>Sarlavha 5</h5>
<h6>Sarlavha 6</h6>

Imkoniyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

HTML quyidagi formatlash imkoniyatlariga ega:

  • Matn qismining mantiqiy rolini belgilash (matn sarlavhasi, paragraf, roʻyxat va hokazo).
  • Hipermatnlar yaratish. Bu ayniqsa juda qulay boʻlib oʻzaro bogʻlangan hujjat sahifalari orasida navigatsiya qilishni yengillashtiradi.
  • Matnning rangi, qalinligi va boshqa shrift koʻrsatkichlarini belgilash.
  • Maxsus belgilar qoʻyish. ASCII kodirovkasida koʻrsatilmagan belgilar HTML vositalari bilan qoʻyish mumkin. Masalan grek alfaviti belgilari α,ψ, ζ, matematik belgilar ∫, ∞, √, ½, ¼ , ¾, moliya belgilari €, £, ¥, ©, ®, ™ va hokazolar.
  • Foydalanuvchi kiritishi uchun maydonlar yaratish.
  • Multimedia fayllarini ochish.
  • Boshqa imkoniyatlar

Versiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

 — 15-may 2000-yil

HTML 1.0 versiya rasmiy ravishda mavjud emas.

HTML dastlab nostandart turli versiyalari mavjud boʻlganligi tufayli birinchi rasmiy versiya 2.0 dan boshlangan. 1995zyil „Xalqaro Oʻrgimchak toʻri konsortsiumi“ tomonidan HTMLning 3 versiyasi taklif qilindi. Ushbu versiyada juda koʻp yangiliklar, jumladan jadvallar yasash, rasmlarni matn bilan atrofini oʻrash, matematik formulalar yaratish kiritildi, biroq u davrdagi brauzerlarda bu imkoniyatlar realizatsiya qilinmadi. 3.1 versiya hech qachon taklif qilinmagan boʻlib, darxol 3.2 versiyaga oʻtildi. Unda 3.1 versiyadagi baʼzi yangiliklar tushirib qoldirildi. Matematik formulalar boshqa MathML standartida alohida koʻrsatildi.

HMLning 4.0 versiyasida standartizatsiya kuchaytirildi, faqat maxsus brouserlarga oid teglar (masalan, <label>) tushirib qoldirildi, baʼzi teglar eskirgan sifatida tavsiya etildi (masalan, <font> tegi oʻrniga CSS imkoniyatlaridan foydalanish tavsiya etiladi).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

<!DOCTYPE html> <html lang="uz">

   <head></head>
   <body></body>

</html>

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]