Kleopatra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kleopatra (yunoncha: Kleopatra) (miloddan avvalgi 69 — Iskandariya — miloddan avvalgi 30) — Misrning ptolemeylar sulolasidan boʻlgan soʻnggi podshohi, Ptolemey XI ning qizi. K. oʻz ukasi Ptolemey XII Dionisga turmushga chiqib, u bilan birgalikda davlatni idora qila boshlagan (51 yildan) boʻlsada, yakka oʻzi taxtga egalik qilish uchun zimdan kurash olib borgan, niyati fosh boʻlgach, Suriyaga surgun qilingan (48 yil). Ammo, K.ning bilimdonligi, aqlzakovatiga maftun boʻlib qolgan Yuliy Sezar 47 yil uni Misrga qaytargan (K. undan Sezarion ismli oʻgʻil koʻrgan). Sezar oʻldirilgach, K. Mark Antoniyning ittifoqchisi va maʼshuqasi (37 yildan xotini) boʻlgan. 31 yil Oktavian (qarang Avgust) qoʻshinlari Misrni zabt etgach, Antoniy va K. oʻzlarini oʻldirishgan. Naqlga koʻra, ugla davrdagi misrliklar eʼtiqodiga asosan abadiy barhayotlikka erishmoq uchun oʻzini zaharli ilonga chaqtirgan.

K. timsoli Gʻarb (U. Shekspir, B. Shou, D. Tyepolo, P. Rubens va boshqalar) hamda Sharq (A. Shavqiy va boshqalar) adib, shoir, dramaturg , rassom va haykaltaroshlari asarlarida aks etgan, unga bagʻishlab filmlar yaratilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil