Tizimni o’rnatish

WordPress tizimini o’rnatish amaliyoti juda oson va sodda. Tizim o’zining mashxur 5 daqiqali o’rnatilishi bilan fahrlanadi! Shunchaki tizimning eng so’nggi versiyasini saytimizdan yuklab oling, arxiv ichidagi fayllar va papkalarni web serveringizning WordPress o’rnatilishi kerak bo’lgan joyiga chiqaring hamda brauzer orqali fayllar yuklangan papkaga o’ting. Tizimni server haqidagi zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlaganingizdan so’ng WordPress o’zi o’rnatiladi! WordPress tizimini o’rnatishga oid batafsil ma’lumot bilan rasmiy yo’riqnomada (rus tilida) tanishishingiz mumkin.