Samarqand davlat chet tillar institutining "Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim" ilmiy-uslubiy jurnali haqida ma'lumot
1."Xorijiy filologiya" ilmiy jurnali Respublika Matbuot va Axborot agentligi tomonidan 2001-yil 10-dekabrda 09-12-raqami bilan ro‘yxatga olingan bo‘lib, O‘zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tavsiyasi bilan 2007-yil 16-yanvarda qayta xatlovdan o‘tkazilgan.
2.Jurnal til, adabiyot, ta’lim fan tarmog‘i yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan va O‘zRVM huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining 2014-yil 10-martdagi 2-sonli qarori bilan zaruriy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan:"10.00.05-Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti", "10.00.07-Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik", "10.00.03-Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi".
Institut jurnalni muntazam ravishda, yiliga to‘rtta sonda chop etishi uchun eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan o‘z bosmaxonasiga ega va tegishli ixtisosliklar bo‘yicha ekspertlar guruhi mavjud. Shuningdek, jurnal 1266 obuna indeksiga hamda respublikamizning yetakchi ilmiy markazlari qiyofasidagi doimiy obunachilariga ega bo‘lib, respublikamizda keng tarqalmoqda. Jurnal o‘zbek va chet tillarida chop etilmoqda.
3. Jurnalda ilmiy maqolalar chop etish uchun tilshunoslik, tarjimashunoslik, chet tili metodikasi, magistrlar minbari kabi ruknlar mavjud.
4. Jurnal ISSN ro‘yxati buyicha 2181-743X-sonli raqamga ega.
5. Jurnalda ilmiy maqolalar muallif arizasi, taqriz, kafedra qaroridan ko‘chirma, ekspert xulosasi bilan birgalikda qabul qilinib, tahririyat a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, nashrga tavsiya etiladi.
6. Jurnalning tahririyat a’zolari tarkibida tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha 11 nafar fan doktori, professor va 5 nafar fan nomzodi, dotsent ilmiy darajasiga ega mutaxassislar mavjud.
7. Jurnalda ilmiy maqolalar quyidagi tartibda qabul qilinadi:
- ilmiy maqola o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa, o‘zbek, rus va ingliz tillarida, agar ilmiy maqola rus tilida yozilgan bo‘lsa, o‘zbek va ingliz tillarida annotatsiyalar beriladi. Har bir ilmiy maqolaga o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi annotatsiyalar bilan birga kalit so‘zlar ham o‘zbek, rus va ingliz tillarida beriladi.
- jurnalda qabul qilingan har bir ilmiy maqola foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro‘yxati bilan kamida 0,25 b.t – 0,5 b.t. hajmda chop etiladi.
- jurnal hay’at a’zolari har bir ilmiy maqolani muammoning qo‘yilishiga, materialning nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxtaligiga, manbalarning ishonchliligiga, muammo, xulosa, taklif va tavsiyalar asosida bo‘lishiga e’tibor qaratadilar.
Samarqand davlat chet tillar institutidagi "Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim" ilmiy jurnalining tahririyat a’zolari haqida
№ |
F.I.SH |
Ilmiy darajasi |
Lavozimi va unvoni |
||
1 |
Тuxtasinov Ilhomjon |
F.f.n. dotsent |
Institut rektori (kengash raisi) |
||
2 |
Safarov Shaxriyor |
F.f.d professor |
Konfutsiy instituti direktori (bosh muharrir) |
||
3 |
AshurovaDilorom |
F.f.n. professor |
O‘ZDJTU professori |
||
4 |
Ashurov Shahobiddin |
F.f.n. dotsent |
SamDCHTI prorektori |
||
5 |
Turniyozov Ne’mat |
F.f.d. professor |
Arab tili nazariyasi kafedrasi professori |
||
6 |
Rizayev Bahodir |
F.f.d. professor |
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori (muharrir o‘rinbosari) |
||
7 |
Mirsanov G'aybullo
|
F.f.d. professor |
SamDChTI Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori |
||
8 |
Ismoilov Salohiddin |
F.f.n. dotsent |
SamDCHTI fransuz tili kafedrasi dotsenti |
||
9 |
Kiselyov Dmitriy |
F.f.n. dotsent |
SamDCHTI fransuz tili kafedrasi dotsenti |
||
10 |
Nasrullayeva Nafisa |
F.f.n. dotsent |
SamDChTI Ingliz tili grammatikasi va tarixi kafedrasi dotsenti |
||
11 |
Yaxshiyev Ashur |
F.f.n. dotsent |
SamDCHTI magistratura bo‘limi dekani (mas’ul kotib) |
||
|
Jamoatchilik kengashi |
||||
1 |
Bushuy Tatyana |
F.f.d. professor |
Arab tili nazariyasi kafedrasi professori |
||
2 |
Mirzayev Ibodullo |
F.f.d. professor |
SamDU professori |
||
3 |
Usmonov O‘rol |
F.f.n. dotsent |
Ingliz tili tarixi va grammatikasi kafedrasi dotsenti |
||
4 |
Giyom Olive |
|
Fransiya |
||
5 |
Kida Suyoshi |
|
Yaponiya |
||
6 |
Sigmiller Stiv |
|
AQSH |
||
7 |
Jiang Fing |
|
Xitoy |
||
8 |
Karasik Vladimir |
|
Rossiya |
“XORIJIY FILOLOGIYA: til, adabiyot, ta’lim” JURNALIGA TOPSHIRILADIGAN MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
- Maqola muallifi ishlayotgan muassasa rahbariyatining yo‘llanma xati.
- Maqolani chop etish haqidagi ekspert xulosasi.
- Mutaxassisligi bo‘yicha fan doktori yoki professor tomonidan imzolangan taqriz.
- Muallif(lar) to‘g‘risida ma’lumot (ish joyi, lavozimi, yashash joyi, telefoni va elektron pochtasi).
- Maqolalar Microsoft Word dasturi «Times New Roman» garniturasi 14 shriftda, qatorlar orasi ikki oraliq bilan yozilgan, ikki nusxada (elektron varianti bilan birga) taqdim etiladi. Maqolalar chizmalarsiz sakkiz sahifada, qisqa xabarlar esa ikki sahifadan oshmasligi lozim.
- Formulalar kompyuterda Word formulalar muharririning Math Tupe versiyasida yoziladi.Chizmalar va diagrammalar Davlat standart talablariga rioya qilingan holda tayyorlanishi lozim.
- Murojaat qilingan adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida quyidagi tartibda keltiriladi: muallifning familiyasi, ismi-sharifi, kitob (jurnal)ning nomi, nashriyot va chop etilgan sanasi (kitoblar uchun), jurnal nomeri, sahifa (jurnal uchun). Adabiyotlar soni 7 tadan oshmasligi tavsiya etiladi.
- Maqolaning ikkinchi nusxasida mualliflar familiyasi, ismi va shariflari ko‘rsatilgan holda, barcha mualliflar tomonidan imzolanishi lozim.
- maqolani milliy mentalitet til etaloni bo‘yicha, sinchkovlik va diqqat bilan yondashgan holda, uslubiy va grammatik jihatdan yuqori darajada talabchanlik bilan ilmiy-uslubiy maqomda, tahrirlangan holda tayyorlash talab etiladi.
- zarurat bo‘lganda tahririyat maqola va qisqa xabarlarni tahrir qilish huquqiga ega.
- maqola muallifga qayta ishlash uchun qaytarilsa, maqolaning oxirgi ko‘rinishi olingan kundan boshlab tahririyatga tushgan hisoblanadi.
- e’lon qilingan materiallar muallifga qaytarilmaydi, taqriz va izoh berilmaydi.
- yangi ilmiy-uslubiy va amaliy natijalarga ega bo‘lgan va 50% dan ortiq qismi ilgari e’lon qilinmagan o‘zbek yoki rus, ingliz tillarida tayyorlangan maqola va qisqa xabarlar va boshqa soha bo‘yicha shakllantirilgan ekspert guruhlarining ekspertizasidan o‘tgan maqolalar jurnal sahifalarida joylashtiriladi.
- maqolaning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi annotatsiyalarining borligi tekshiriladi.
JURNALXONLAR DIQQATIGA!
Oliy Attestatsiya Komissiyasining filologiya fanlari bo‘yicha ekspert kengashi tavsiyasi bilan zaruriy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan “Xorijiy filologiya” ilmiy-uslubiy jurnaliga obuna davom etayapti.
Manzil:140100, Samarqand sh., Bo‘stonsaroy ko‘chasi 93,
Samarqand davlat chet tillar institut“Nashr-matbaa markazi”.
Telefon: (998-662) 231-13-42;
Faks: (998-662)210-00-18;
E-mail: info@samdchti.uz
«Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim» jurnaliga OBUNA bo‘lish tartibi to‘g‘risida
Jurnal O‘zbekiston Respublikasi «Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 2013-yil 15-avgustda berilgan 1266 nashr ko‘rsatkichi-indeksiga, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan 2013-yil 22-matrda berilgan 21-18-743X sonly ISSN raqamiga ega. Obuna O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tarzda pochta orqali hamda institut ma’muriyati bilan shartnomalar tuzish orqali amalga oshiriladi.
*Pochta xizmati haqi inobatga olinmagan.
Xorijiy filologiya jurnali veb sahifasi samxorfil.uz