Fakultet haqida umumiy ma'lumot:
Fakultetga 1995-yilning 12-avgustida asos solingan. Fakultet 2001-yil sentabridan koreys filologiyasi fakulteti deb nomlangan. 2005-yil sentabrida fakultet negizida tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘limi tashkil etildi. 2007-2008 o‘quv yilidan Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti nomiga o‘zgartirildi. Fakultet 2012-yil fevral oyidan boshlab tarjimonlik fakulteti, 2014-yildan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti deb yuritila boshlandi.
Bugungi kunda fakultet qoshida 3 ta mutaxassislik kafedrasi mavjud. Fakultetda Janubiy Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya davlati, Misr Arab Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan taklif qilingan xorijlik professor-o’qituvchilar mahalliy o‘qituvchilar bilan hamkorlikda faoliyat yuritishadi.
Fakultetda dars jarayonining yuqori darajada olib borilishi hamda hamkorlik ishlarini amalga oshirish uchun zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan 5 dan ortiq xorijiy til va madaniyat markazlari, barcha qulayliklariga ega bo’lgan o’quv xonalari, “Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida faoliyat olib borayotgan “Konfutsiy” institutining zamon talabiga mos ravishda jihozlangan sinfxonalari va tarjima laboratoriyasi talabalar ixtiyorida.
Fakultetda a’lo baholarga o‘qiydigan iqtidorli talabalar Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiya mamlakatlariga shartnoma asosida turli muddatli kurslarda tahsil olishlari uchun talabalar almashinuvi yo‘lga qo’yilgan.
Shuningdek, bir necha xorijiy davlatlar elchixonalari va universitetlari, jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi, Yaponiya, Misr Arab Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Angliya kabi rivojlangan davlatlar bilan ilmiy va madaniy hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan ko‘plab asarlar xorijiy tillardan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan xorijiy tillarga tarjima qilinmoqda.
FAKULTET MA'MURIYATI:
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti: Odilov Baxodir Baxtiyarovich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: 8(366) 233-76-45
E-mail: odilovbb@umail.uz
O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini: Azzamov Yusuf Radjaboyevich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: 8 (366) 233-76-45
E-mail: yu.azzamov@gmail.com
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini: Husanov Ulug’bek
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: 8 (366) 233-76-45
Jamoatchilki asosida faoliyat yuritayotgan dekan muovinlari:
Ilmiy ishlar bo'yicha dekan muovini: Nurboyeva Shohista Quvondiqovna
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: 8 (366) 233-76-45
E-mail: shohistan@samdchti.uz
Bitiruvchilar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini: Qoldoshev O’ktamjon O’rozovich
Qabul vaqti: Har kuni 14:00-17:00
Telefon: 8 (366) 233-76-45
E-mail: quldoshev@samdchti.uz
FAKULTET KAFEDRALARI
Tarjima nazaryasi va amaliyoti kafedrasi
FAKULTETNING BAKALAVRIATURA YO'NALISHLARI
- 5120104 - Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys tili)
- 5120105 - Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
- 5120108 - Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili)
- 5120106 - Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
- 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)
FAKULTETNING MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
- 5A120102 - Lingvistika (xitoy tili)
- 5A120102 - Lingvistika (koreys tili)
- 5A120201 - Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo‘yicha)