ОРФографическое
   Улучшение
    Сайтов|
Orphus tizimi
 
Orphus tizimi

Ushbu sahifaning o‘ng yuqori burchagiga qarang. O‘z-o‘zidan belgilanib, ko‘zga tashlanayotgan tugmani ko‘rsaypsizmi? Ana o‘sha Orphus bo‘ladi. U nima uchun kerak?

Orphus tizimining maqsadi juda oddiy: saytdagi xatoliklar va imloviy xatolarni aniqlash uchun sayt o‘quvchilarining bilimidan (ya’ni, tabiiy intellektidan) foydalanish. Aytish mumkinki, Orphus tabiiy intellektni "raqamlashtiradi".

Tasavvur qiling, foydalanuvchi biror matnni o‘qiyotganda, nogahon ko‘zi imloviy xatoga tushib qolsa. Bunda u nimani his qiladi? Bu qandaydir xunukdek tuyiladi unga. Hatto, ko‘pchilik foydalanuvchilar xato yozilgan so‘zni belgilab, uning ustiga bosib va keyin uni qo‘yib yuborishadi – bu bilan ular noxush tuyg‘udan halos bo‘lgisi keladi! Xuddi shu vaziyatda Orphus ishga kirishadi: foydalanuvchi o‘ziga yoqmagan matn parchasini belgilaydi va Ctrl+Enter tugmasini bosadi. Shundan so‘ng, xatolik haqidagi xabar bir zumda (orqa fonda) saytning veb-ustasiga, ya’ni sizga yuboriladi.

Bu haqiqatan ham juda sodda ishlangan: nazariy jihatdan olib qaraganda, sayt o‘quvchisi xatolik haqida sizga e-pochta orqali ham yozishi mumkin. Lekin, buning uchun e-pochtani ochib, salomlashuv matnini yozib, havolani ko‘chirib va boshqa ishlarni qilishga aksariyat odam dangasalik qiladi. Orphus esa xuddi shu ishni yashin tezligida amalga oshiradi! Siz esa sayt egasi sifatida haftada bir marta veb-interfeysga kirib, yig‘ilib qolgan xatoliklarni ko‘rishingiz va ularni tuzatishingiz mumkin.

Orphus tizimini o‘z veb-saytingizga o‘rnatish uchun quyidagi shaklni diqqat bilan to‘ldirib chiqing – pastdagi matn maydonchasida kod paydo bo‘ladi. Tizimni saytingizga o‘rnatganingizdan so‘ng u ilk marta "ishlaydi" hamda e-pochtangizga tizimga kirish paroli yuboriladi.

1. E-pochtangizni kiriting. Xatoliklar haqidagi xabarlar mazkur pochtaga yuboriladi:
2.
Orphus interfeysi tilini tanlang:
Diqqat: Agar siz Orphus interfeysini (0,8 КB) o‘z tilingizga tarjima qilgan bo‘lsangiz, til ma’lumotlarini o‘zida saqlovchi skript parchasini quyidagi manzilda joylashgan forum orqali bizga yuboring: http://orphus.ru/community/orphus/translations/.
3. Asosiy Orphus faylini yuklab oling va uni veb-saytingizning biror yeriga joylang:
E-pochta manzilini to‘g‘ri kiriting
4. Quyidagi tugmalardan birini ko‘chirib, uni asosiy Orphus fayli saqlanayotgan joyga qo‘shib qo‘ying:
121x21 - скачать
Enilatiar (transparent background)
141x25 - скачать
Dmitry Koterov (with border)
197x39 - скачать
Natalya
135x58 - скачать
Mixa (transparent background)
72x24 - скачать
Fedor
125x115 - скачать
Mikael
141x25 - скачать
Dmitry Koterov (no border)
125x115 - скачать
Mikael
121x21 - скачать
Enilatiar (white background)
135x58 - скачать
Mixa
90x32 - скачать
Nevgod Danil
88x31 - скачать
Sergey Prihodko
150x100 - скачать
UZbe4onok a.k.a. Ruslan N.
115x28 - скачать
ENVA
80x15 - скачать
Yurii Kornilev
88x31 - скачать
Imelik
121x21 - скачать
yUAC
5.
Quyidagi HTML-kod parchasini veb-saytingizning har bir sahifasiga joylab chiqing:
...Asosiy Orphus fayli uchun asosiy yo‘l quyidagi deb tasavvur qilamiz:

O‘rnatishni yakunlash uchun, eslatib o‘tamiz, saytingizda ikkita fayl paydo bo‘lishi lozim:

  • /orphus/orphus.js – asosiy skript, uni yuqoridagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin;
  • /orphus/orphus.gif – tugma;
  • bundan tashqari, quyidagi shaklda berilgan kodni saytning har bir sahifasiga qo‘yib chiqish lozim. Shunga qarab Orphus veb-sayt sahifalarining qayerida ko‘rinishi belgilanadi.

Kodni joylagandan so‘ng, Orphus tizimi piktogrammasi paydo bo‘ladi (uning qanday ko‘rinishini, masalan, ushbu sahifaning yuqorisida ko‘rishingiz mumkin).

Biroq, shubhasiz, bitta piktogramma kamlik qiladi. Agar maksimal natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, saytning biror joyiga “Imloviy xatoni sichqoncha bilan belgilang va Ctrl+Enter tugmasini bosing” kabi so‘zlarni yozib qo‘yishingiz lozim.

Hisoblagichni 1 x 1 piksel o‘lchamda qilib, uni saytning ko‘rinmas qismiga joylab qo‘yadiganlar diqqatiga: tizimning samaradorligi piktogramma yoki tushuntiruvchi matnga e’tibor qaratuvchi odamlar soniga bog‘liq. Shuning uchun, bunga qattiq e’tibor qilishingizni iltimos qilamiz. Aks holda, siz hech qanday natijaga erisha olmaysiz.