Ushbu sahifaning o‘ng yuqori burchagiga qarang. O‘z-o‘zidan belgilanib, ko‘zga tashlanayotgan tugmani ko‘rsaypsizmi? Ana o‘sha Orphus bo‘ladi. U nima uchun kerak? Orphus tizimining maqsadi juda oddiy: saytdagi xatoliklar va imloviy xatolarni aniqlash uchun sayt o‘quvchilarining bilimidan (ya’ni, tabiiy intellektidan) foydalanish. Aytish mumkinki, Orphus tabiiy intellektni "raqamlashtiradi". Tasavvur qiling, foydalanuvchi biror matnni o‘qiyotganda, nogahon ko‘zi imloviy xatoga tushib qolsa. Bunda u nimani his qiladi? Bu qandaydir xunukdek tuyiladi unga. Hatto, ko‘pchilik foydalanuvchilar xato yozilgan so‘zni belgilab, uning ustiga bosib va keyin uni qo‘yib yuborishadi – bu bilan ular noxush tuyg‘udan halos bo‘lgisi keladi! Xuddi shu vaziyatda Orphus ishga kirishadi: foydalanuvchi o‘ziga yoqmagan matn parchasini belgilaydi va Ctrl+Enter tugmasini bosadi. Shundan so‘ng, xatolik haqidagi xabar bir zumda (orqa fonda) saytning veb-ustasiga, ya’ni sizga yuboriladi. Bu haqiqatan ham juda sodda ishlangan: nazariy jihatdan olib qaraganda, sayt o‘quvchisi xatolik haqida sizga e-pochta orqali ham yozishi mumkin. Lekin, buning uchun e-pochtani ochib, salomlashuv matnini yozib, havolani ko‘chirib va boshqa ishlarni qilishga aksariyat odam dangasalik qiladi. Orphus esa xuddi shu ishni yashin tezligida amalga oshiradi! Siz esa sayt egasi sifatida haftada bir marta veb-interfeysga kirib, yig‘ilib qolgan xatoliklarni ko‘rishingiz va ularni tuzatishingiz mumkin. Orphus tizimini o‘z veb-saytingizga o‘rnatish uchun quyidagi shaklni diqqat bilan to‘ldirib chiqing – pastdagi matn maydonchasida kod paydo bo‘ladi. Tizimni saytingizga o‘rnatganingizdan so‘ng u ilk marta "ishlaydi" hamda e-pochtangizga tizimga kirish paroli yuboriladi.
O‘rnatishni yakunlash uchun, eslatib o‘tamiz, saytingizda ikkita fayl paydo bo‘lishi lozim: - /orphus/orphus.js – asosiy skript, uni yuqoridagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin;
- /orphus/orphus.gif – tugma;
- bundan tashqari, quyidagi shaklda berilgan kodni saytning har bir sahifasiga qo‘yib chiqish lozim. Shunga qarab Orphus veb-sayt sahifalarining qayerida ko‘rinishi belgilanadi.
Kodni joylagandan so‘ng, Orphus tizimi piktogrammasi paydo bo‘ladi (uning qanday ko‘rinishini, masalan, ushbu sahifaning yuqorisida ko‘rishingiz mumkin). Biroq, shubhasiz, bitta piktogramma kamlik qiladi. Agar maksimal natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, saytning biror joyiga “Imloviy xatoni sichqoncha bilan belgilang va Ctrl+Enter tugmasini bosing” kabi so‘zlarni yozib qo‘yishingiz lozim.Hisoblagichni 1 x 1 piksel o‘lchamda qilib, uni saytning ko‘rinmas qismiga joylab qo‘yadiganlar diqqatiga: tizimning samaradorligi piktogramma yoki tushuntiruvchi matnga e’tibor qaratuvchi odamlar soniga bog‘liq. Shuning uchun, bunga qattiq e’tibor qilishingizni iltimos qilamiz. Aks holda, siz hech qanday natijaga erisha olmaysiz.
|